01 jan 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'zboev: "Kamida 3 ta..."
O'rta vaznda faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev yaqinda doping nazoratidan o'tgandi.
Aralash yakkakurash ustamiz o'zining Instagram'dagi sahifasi orqali kirib kelgan 2026 yil uchun rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"In SHa Alloh, 2026 yilda eng kamida 3 ta jang o'tkazishni rejalashtiryapman. Ishtaha ochib ketsa, 4-5 ta jang o'tkazmoqchiman", - dedi Ro'ziboev.
Malumot uchun, 32 yoshli Nursulton Ro'ziboev UFC'da hozirgacha 5 ta jang o'tkazib, 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Uning keyingi jangi Ramazondan keyin o'tkazilishi kutilmoqda.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar