12 iyu 14:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev amerikalik UFC jangchisini oktagonga chorladi, javob qanday bo'ldi? + FOTO
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, hozirda UFC'da jang qilayotgan Nursulton Ro'ziboev o'ziga raqib izlamoqda.
U avvaliga X (Twitter), so'ngra, Instagram sahifasi orqali amerikalik Niko Prays bilan jang qilish istagi borligini bildirdi.
"Niko, og'ayni, avgust yoki sentyabr oyida men bilan jang qilishga nima deysan?", deb yozdi Ro'ziboev.
Prays esa bunga quyidagicha javob berdi:
"Jin ursin, ha og'ayni, ajoyib ish bo'lar edi. Agar SHon SHelbidan sening xabaring kelsa, men doim jang qilishga tayyorman".
Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev MMAdagi faoliyati davomida 45 ta jang o'tkazib, 34 g'alaba, 9 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan. Niko Prays esa 23 ta jang o'tkazib, ularning 16 tasida g'alaba qozongan, 7 ta mag'lubiyat qabul qilib olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar