17 mar 13:50
Yangiliklar

Nursulton Ro'ziboev boksdagi jangini tanqid qilganlarga javob qaytardi
«Aslida men MMA jangchisiman. Biroq boksga qiziqqanim uchun ringga chiqdim. Keyin menga bu jang debyut bo'ldi va raqibim deyarli 40 ta jang o'tkazgan ekan. Debyut qilib turib, 10-0, 20-0 natijali bokschiga qarshi ringga ko'tarilmaymanku. SHunday bokschilar menga qarshi MMA debyut qilib ko'rsin. Men boksda 20-0 natijaga erishgan bokschiga qarshi oktagonga ko'tarilishga tayyorman. Men boksda yangiman va men ringga ishlab ko'rdim. Bu men uchun katta tajriba bo'ldi. Raqibim haqida gapirsam, u kuchsiz emas edi. Natijalari ham yomon emas. O'zi aslida menga boksda debyut qiladigan bokschini berishlari kerak edi. Tanqidchilar doim bo'ladi. Men bilan urishaman degan manaman bokschilarga qarshi MMAda jang qilaman. Uni oktagonda debyuti bo'ladi, meni esa o'zim bilan jangim bo'ladi. Qisqasi, menga bu jang katta foydasi bo'ldi»,-dedi Nursulton.
Fikrlar