14 mar 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev Brave FC 57 oqshomidagi jangi nima uchun bekor bo'lganini malum qildi
11 mart Nursulton Ro'ziboev (33-8-2) Bahraynda tashkil etilagotgan Brave FC 57 turnirida braziliyalik Felipe Diasga (14-3) qarshi jang qilishi kerak edi.
Biroq jangga oz muddat qolganida jang bekor bo'ldi. To'qnashuv nima uchun bekor bo'lganini esa hamyurtimiz malum qildi.
“Brave FC'dagi jangimiz 79.8 kg vazn toifasida bo'lib o'tishi lozim edi. Biroq men 500 gr vazn yo'qota olmadim. Vazn tashlashda ozgina qiyinchilik bo'ldi. Keyin gonorardan 20% beriladi deyildi, ammo 15% ga kelishdik. Ko'z urishtirish marosimiga oz qolganida raqib jang qilishdan bosh tortdi va shu tariqa jangimiz bekor bo'ldi»,-deb fikr bildirdi Nursulton.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar