11 may 18:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev ishtirokidagi UFC Boku turniri uchun qiziqarli janglar elon qilindi
27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Bokuda aralash yakka kurash bo'yicha UFC Fight Night turniri tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangi ozarbayjonlik engil vazn toifasi vakili Rafael Fiziev va meksikalik Manuel Torres o'rtasida kechadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, Bokudagi turnirda hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev Rossiya vakili Andrey Pulyaev bilan bahs olib boradi.
Tashkilotchilar turnir uchun navbatdagi janglarni elon qilishdi:
Yarim o'rta vaznda: Daniil Donchenko (Ukraina) — Andreas Gustafsson (SHveciya)

Eng engil vaznda: Bekzat Almaxan (Qozog'iston) — Jan Macumoto (Braziliya)

O'rta vaznda: Ikram Aliskerov (Rossiya) — Bruno Ferreyra (Braziliya)

Yarim og'ir vaznda: Abdul-Raxman Yaxyaev (Turkiya) — Julius Uoker (AQSH).

Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar