27 mar 08:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev qatnashadigan UFC Baku turniriga yana bir qiziqarli jang qo'shildi
27 iyun kuni Ozarbayjonning Baku shahrida aralash yakka kurash bo'yicha UFC Fight Night turniri bo'lib o'tadi.
Turnir doirasida Marokash vakili Ismail Naurdiev (25-8) italiyalik taniqli Marvin Vettori (19-10-1) bilan bahs olib boradi. Jang o'rta vazn toifasida o'tkaziladi.
Naurdiev UFC'da hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, 4 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Vettori esa mazkur Ligada 17 ta jangda ishtirok etib, ularning 9 tasida g'alaba qozongan, qolgan 8 ta jangda imkoniyatni boy bergan.
Malumot uchun, UFC Baku turnirida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev rossiyalik Andrey Pulyaev bilan jang qiladi.

Havola :
Manba : RedFuryMMA
Fikrlar