17 iyu 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi keyingi jangiga qachon tayyor bo'lishini aytdi
Yarimo'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bu haqda xabar berdi.
Aralash yakkakurash ustamiz avgust oyining oxiri yoki sentyabr oyining bosharida oktagonga qaytmoqchi.
"Avgust oxiri yoki sentyabr oyida jangga tayyor bo'laman, In SHa Alloh", deb yozdi Ro'ziboev.
Avvalroq, Nursulton amerikalik Niko Praysni jangga chorlagan edi. Ro'ziboev so'nggi jangini 11 may kuni AQSH vakili Xoakin Bakliga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobida mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar