14 mar 23:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboevning prof boksdagi debyut jangi muddatidan avval yakunlandi
Hozirgina poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport saroyida navbatdagi professional boks kechasi yakuniga etdi.
Akhmat Fight Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "Prof Boxing Night" oqshomining markaziy jangi taniqli MMAchimiz Nursulton Ro'ziboev ishtirokida bo'lib o'tdi.
79.3 kg vazn toifasida 6 raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Nursulton Toshkent viloyati vakili Bahrom Payozovni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi va shu tariqa professional boksdagi debyutini g'alaba bilan boshlab oldi.
Tajribali Payozov prof ringda bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda jami 40 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 22 tasida g'alabaga erishgandi. Hisobida 15 ta nokautli g'alaba bor edi. Ro'ziboevning MMAdagi rekordi esa 42 jangdan 34 ta g'alaba.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar