11 sen 19:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboevning raqibi o'zgardi
MMAchimiz Nursulton Ro'ziboev 12 sentyabr oqshomida Moskvada oktagonga ko'tarilishi haqida xabar bergan edik.
Unga ko'ra hamyurtimiz Open FC 10 turnirida braziliyalik Luchiano Kontini(13-3)ga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq Luchianoda viza bilan bog'liq muammolar borligi tufayli Rossiya Federaciyasiga kiritilmagan.
Endi Ro'ziboevga boshqa bir braziliyalik jangchi Aleks De Paula raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz, oqshomda Nursultonning ukasi Mashrabjon Ro'ziboev ham navbatdagi jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar