20 may 13:37
Yangiliklar
Engil atletika, Paralimpiya
Nurxon Qurbonova Parij-2024 Paralimpiya o'yinlariga ikkinchi licenziyasini qo'lga kiritdi!
Yaponiyaning Kobe shahrida davom etayotgan para engil atletika bo'yicha Jahon chempionatining navbatdagi kungi bahslari bo'lib o'tmoqda.
Bugun ikki hamyurtimiz sovrinli o'rinlarni egalladi. Jumladan, ayollar o'rtasida F54 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.48 metr natija qayd etib, delegaciyamiz hisobiga bronza medalini qo'shib qo'yish barobarida ushbu yo'nalishda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri licenziyani ham qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Nurxon Qurbonova 2023 yil Parijda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida nayza uloqtirish dasturida oltin medal hamda Paralimpiya o'yinlariga licenziyani qo'lga kiritgan edi. SHu tariqa hamyurtimiz Franciya poytaxtida bo'ladigan o'yinlarda ikki yo'nalishda medallar uchun bahs olib boradi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar