28 iyu 17:55
Yangiliklar
Og'ir atletika
Nyu-Delida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi
Bugun Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati start oldi.
5 avgustga qadar davom etadigan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashadi.
Terma jamoamiz murabbiylar shtabi har ikki yosh toifasidagi bahslarda ishtirok etish uchun jami 36 nafar sportchini ro'yxatdan o'tkazgan. Bu mezbon Hindiston bilan musobaqadagi eng katta tarkib hisoblanadi.
Bugun eng engil vazn toifasidagi bahslar bilan musobaqaga start berildi va unda Munis Odilova (-40 kg) hamda Diyorbek Odilov (-49 kg) o'z vazn toifalarida medallar uchun supaga chiqishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar