24 noy 08:54
Yangiliklar
Tadbirlar
OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi.
Matbuot anjumani bugun, 24 noyabr kuni soat 10:00da Milliy matbuot markazi binosida (Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi ro'parasida) boshlanadi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov hamda vazirlikning tegishli bo'lim va boshqarma boshliqlari ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
Anjumanda so'nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilinayotgan hukumat farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati hamda ularning ijrosini taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'z yuritiladi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar