14 may 10:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Octagon 87 turniri uchun yana bir tomoshabop jang elon qilindi
13 iyun kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 87 musobaqasi bo'lib o'tadi.
Musobaqa tashkilotchilari navbatdagi jangni ham malum qilishdi.
Yarim engil vazn toifasidagi MMA ustamiz Parviz Nasrullaev Octagon 87 turniri doirasida Qirg'iziston vakili Kaynar Azimbaev bilan to'qnash keladi.
Nasrullaev faoliyati davomida hozirgacha 5 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Azimbaev hisobida esa to'rtta g'alaba mavjud.
Octagon 87 turnirining markaziy jangida hamyurtimiz Muhiddin Mamajonov (16-6) Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimov (9-1)ga qarshi oktagonga chiqadi. Besh raundlik ushbu jang engil vazn toifasidagi Interim (vaqtinchalik kamar) uchun kechadi.
Havola :
Manba : octagonleague
O’xshash yangiliklar
17:28
Toshkentda o'tadigan Octagon 87 turniri asosiy kardining bir nechta janglari tasdiqlandi + POSTER 0
Fikrlar