07 iyu 09:26
Yangiliklar
Futbol

Odil Hamrobekov uchun kurash: "Traktor" "Bunyodkor"ga rasmiy taklif yubordi
O'zbekistonlik yarim himoyachiga fors klublarining qiziqishi yuqori.
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekovga Eronning yana bir klubi – "Traktor" ham qiziqish bildirdi. Eron matbuoti tarqatgan malumotlarga ko'ra, Tabriz shahrining mashhur jamoasi "Bunyodkor" klubiga rasmiy xat yuborib, 26 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish niyatida ekanini malum qilgan.
Avvalroq Hamrobekovga Tehronning "Istiqlol" klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. SHu tariqa futbolchimiz uchun Eronning ikki etakchi klubi o'rtasida raqobat yuzaga kelmoqda.
Odil Hamrobekov joriy mavsum Superliga birinchi davrasida "Bunyodkor" safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va jamoasining etakchisiga aylandi.
Havola :
Fikrlar