01 fev 21:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Odiljon Aslonov professional ringdagi ikkinchi jangida ham g'alaba qozondi
Boks bo'yicha 2019 yilgi O'zbekiston chempionati oltin medali sohibi Odiljon Aslonov bugun prof boksda ikkinchi jangini o'tkazdi.
Rossiya Federaciyasining Kaliningrad shahrida o'tkazilgan jangda hamyurtimiz belaruslik Dmitriy Atroxauga qarshi ringga ko'tarildi.
6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Odiljon Aslonov g'alaba qozondi. Bu buxorolik bokschimiz uchun prof ringdagi ikkinchi jang edi. Bungacha u 2019 yilning dekabr oyida rossiyalik Varazdat CHernikovni nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Belaruslik Atroxauning o'tkazgan janglari soni 23 taga etdi. U o'z janglarining 16 tasida g'alaba qozongan (7 ta nokaut). Bugun u faoliyatidagi 7-mag'lubiyatini qabul qilib oldi (1 ta nokaut).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar