30 mar 10:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Odilxon va Humoyun To'xtamurodovning janglari qaysi sport turida o'tkazilishi malum
2 may kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida Versus promouterlik kompaniyasi tomonidan turnir o'tkaziladi.
Mazkur promouterlik kompaniyasi tomonidan o'tkazilayotgan ilk boks oqshomida taniqli MMA jangchilari — Humoyun To'xtamurodov hamda Odilxon Kamolov ham ringga ko'tariladi.
Hozircha sportchilarga kimlar raqib bo'lishi haqida xabar berilmagan.
Humoyun To'xtamurodov 27 mart kuni Braziliyaning San-Paulo shahrida o'tkazilgan MMA bo'yicha LFA 229 turniri doirasida Braziliya vakili Juliano Presendo bilan jang qilishi kerak edi. Biroq hamyurtimiz viza bilan bog'liq muammolar tufayli ushbu musobaqada ishtirok eta olmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar