So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

25 jan 12:11
Yangiliklar

Futbol

O'FA rahbariyati O'zbekiston U-20 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi

Ayni kunlarda Farhod Nishonov boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Dohada Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Xitoy mezbonlik qiladigan musobaqada jamoamiz guruh bosqichida Indoneziya, Yaman va Eron jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O'FA rahbariyati yoshlar jamoamiz bilan uchrashdi. Unda jamoa oldida turgan ushbu musobaqa haqida fikr bildirilar ekan, O'zbekiston turnirning amaldagi g'olibi ekanligi, terma jamoa bu gal ham musobaqada munosib ishtirok etgan holda Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishi zarurligi takidlandi. Bu borada associaciyasi tomonidan barcha sharoitlar tashkil etib berilgani aytildi. Bir jamoa bo'lib, ahillikda yuqori natija qayd etishlariga ishonch bildirildi.

Bu kabi musobaqalar siz uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochib, keyingi professional faoliyatingizda ulkan burilish yasashi mumkin. Buni Abduqodir Husanov misolida ham ko'rishimiz mumkin. U aynan Osiyo kubogidagi yorqin o'yinlari orqali xorijiy klublar etiboriga tushgandi, dedi Ravshan Irmatov.

O'z o'rnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib o'tishdi. Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sog'ligi, tiklanishi va vitaminizaciyalash jarayoni, shuningdek, futbolchilarga yuqori darajadagi tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirish ko'rsatmasi berdi.

Malumot uchun, jamoamiz bugun Dohadagi yig'inni yakunlab Toshkentga yo'l oldi. 27 yanvar kuni esa musobaqa oldidan so'nggi yig'inni o'tkazish uchun Xitoyga jo'nab ketadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing