03 apr 17:10
Yangiliklar
O'FA taklifini rad etgan Yoaxim Lyov JCH-2026 ishtirokchisi bosh murabbiyi bo'ladi
"Topskills Sports UK" xabariga ko'ra, Lyov Gana terma jamoasini qisqa muddatli shartnoma asosida boshqarish taklifini qabul qilish arafasida, bu taklif faqat 2026 yilgi Jahon chempionatiga qaratilgan.
So'nggi 24 soat ichida olib borilgan keng ko'lamli muzokaralardan so'ng tomonlar shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin. Murabbiy oyiga taxminan 150 000 evro maosh olishi kutilmoqda.
Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasidagi faoliyati bilan mashhur bo'lib, u bilan 2014 yilda Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida g'olib chiqqan.
2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi. Gana "L" guruhida Angliya, Xorvatiya va Panama bilan to'qnash keladi.
Eslatib o'tamiz, Fabio Kannavaro O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishidan avval O'zbekiston futbol associaciyasi Yoaxim Lyov bilan muzokaralar olib borgan edi.

Fikrlar