So’nggi yangiliklar

13:42"Барселона" футболчиси хочсимон боғламacи узилгани сабабли ярим йилга сафдан чиқди 0 13:17Йен Мачадо Гэрри: "Махачевнинг рақиблари меникичалик хавфли бўлмаган" 0 12:45President's Cup. Сергей Фомин ғалаба билан бошлади 0 12:12Дана Уайт UFC жангчисининг фожиали вафоти ҳақида илк бор фикр билдирди 0 11:46Гвардиола Моуриньо ҳақидаги сериалда ягона шарти бажарилмагани учун суратга тушмади 0 11:08Grand Chess Tour: Синдаров Прагг билан ўйнади, 5 та партиядан фақат 1 тасида дуранг қайд этилди 0 10:39ACA Лигаси бутун ММА тарихида илк бор "аноним жанг" ўтказиши мумкин 0 10:13Сергей Ростовцев Словакиядаги турнирда 3 та медаль қўлга киритди 0 09:38ЕЧЛ. Раҳмоналиев ва "Сабаҳ" саралашнинг охирги босқичига йўл олди 0 09:16Дана Уайт Ислам Махачевни тарихдаги энг буюк жангчи деб атамади 0 08:47Ёш оғир атлетикачиларимиз кечаги кунни 4 та медал билан якунлашди 0 08:06Ислам Махачев: "Ҳеч ким Иэн Гэррини ёқтирмайди, шунинг учун мухлислар мен томонда бўлади" 0 21:54Элит ОЧЛ ўтиш ўйини: "Пахтакор" Иордания клубини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:09Ўзбекистонлик спортчининг Эркабулан Токтарга қарши жанги эълон қилинди 0 19:01"Сурхон" Беҳруз Каримовнинг трансферидан қанча пул ишлаб топди? 0

06 may 14:26
Yangiliklar

Futbol

OFK kelasi U-17 Osiyo chempionatlari mezbonini malum qildi

SHu yilning aprel oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan U-17 Osiyo chempionati O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi uchun omadli kelib, futbolchilarimiz yakunda g'oliblikni qo'lga kiritishgandi.

Musobaqa yakuniga etgach, oradan bir necha kun o'tib OFK Ijroiya qo'mitasi yig'ilish o'tkazdi hamda keyingi musobaqalar qaerda bo'lib o'tishini aniqlab oldi. 

SHunday qilib keyingi uchta U-17 Osiyo chempionati yana Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan bo'ldi. 2026, 2027, 2028 yilgi musobaqalar ham aynan Saudiya Arabistonida tashkil etiladi. Mamlakat musobaqa mezbonligi uchun kurashda Xitoy va Iroqdan ustun keldi.

Albatta, Iroqda ketma-ket uch yil U-17 Osiyo chempionatini o'tkazish imkonsiz, chunki mamlakatdagi siyosiy vaziyat tez-tez o'zgarib turadi. SHu bois Iroq mezbonlik uchun kurashdan tez chiqdi, Xitoy bilan esa muzokaralar uzoq davom etdi. Natijada OFK har ikki tomon ko'nglini topib, qatorasiga uchta U-17 Osiyo chempionati mezbonligini Saudiya Arabistoniga, shuningdek, qatorasiga uchta U-17 qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligini Xitoyga berdi.

Aprel oyida o'tkazilgan U-17 Osiyo chempionati mezbonligi hamda shu mamlakatda bo'lib o'tgan Elit OCHLning markazlashgan tartibdagi final bosqich o'yinlarining yuqori saviyada tashkil etilishi OFK rahbariyatida iliq taassurot qoldirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing