18 apr 16:28
Yangiliklar
Og'abek Nafasov: O'zbekiston uchun chempionatdagi ilk medalni olib berganimdan xursandman
Poytaxtimizda davom etayotgan kattalar o'rtasida Osiyo chempionati ikkinchi kun dasturining -55 kg vaznda Og'abek Nafasov dast ko'tarish mashqida kumush medalga sazovor bo'ldi.
Bahslar yakunlanganidan so'ng, sportchimiz o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:
«Musobaqa juda ham murosasiz o'tdi. SHukurki, 2-o'rinni egalladim. Osiyo chempionatida O'zbekiston uchun birinchi medalni taqdim etdim. Bundan juda xursandman.132 kg og'irlikni ko'tarib, shaxsiy rekordimni ham 4 kgga yangiladim. SHu o'rinda murabbiylarimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ilk marotaba ishtirok etib, kumush medalni qo'lga kiritganimdan mamnunman. May oyida bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasida Jahon chempionatida 1-o'rinni olishga harakat qilaman», - dedi Og'abek Nafasov.
Xurshida Abdikulova suhbatlashdi
Fikrlar