26 sen 17:34
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. 19 yoshli sportchimiz kattalar o'rtasidagi JCH sovrindori bo'ldi
Tailandning Pattaya shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqa doirasida -109 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. Unda yurtimiz sharafini Akbar Jo'raev himoya qildi.
Hamyurtimiz dast ko'tarishda 188 kg tosh ko'tardi. Siltab ko'tarishda esa 229 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi va kumush medalga sazovor bo'ldi. Ikkikurash yakuniga ko'ra esa biroz omad etishmadi va hamyurtimiz 417 kg natija bilan to'rtinchi bo'ldi.
Qayd etish lozimki, Akbar dast va siltab ko'tarishdagi natijalari orqali yoshlar o'rtasidagi jahon rekordini yangiladi.
Malumot uchun, Akbar Jo'raev 1999 yilning 8 oktyabr kuni tug'ilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar