20 sen 18:29
Yangiliklar
Og'ir atletika. Adhamjon Ergashev jahon chempionatida sovrindor bo'ldi
Bugun terma jamoamiz o'zining musobaqadagi dastlabki medalini qo'lga kiritdi.
Nankin o'smirlar Olimpiadasi va Osiyo o'yinlari sovrindori Adhamjon Ergashev vazni -67 kilogrammgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida siltab ko'tarish mashqi bo'yicha bronza medaliga sazovor bo'ldi. Yurtdoshimiz dast ko'tarishda 146 kilogramm bilan to'rtinchi natija qayd etdi. Siltab ko'tarishdagi 182 kilogramm vakilimizga uchinchi o'rinni taqdim qilgan bo'lsa, Ergashev umumiy hisobda 328 kilogramm natija bilan to'rtinchi pog'onada qoldi.
Og'ir atletika bo'yicha JCH. Tailand.
Erkaklar, -67 kg
1. Lijun CHen (Xitoy) – 337 kg (150 + 187)
2. Lyudong Fen (Xitoy) – 333 kg (153 + 180)
3. Jong Ju Pak (KXDR) – 330 kg (142 + 188)
4. Adhamjon Ergashev (O'zbekiston) – 328 kg (146 +182)
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamizning qolgan vakillariga ham omad va zafarlar tilab qoladi.
Fikrlar