08 iyu 22:24
Yangiliklar
Og'ir atletika. Adhamjon Ergashev jahon chempioni!
Bugun musobaqa doirasida erkaklar o'rtasida -62 kg vazn toifasidagi sportchilar o'rtasida bahslar bo'lib o'tdi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati. Quvonarlisi, mazkur vazn toifasida oltin medallar O'zbekiston terma jamoasi azosiga nasib etdi. Adhamjon Ergashev dast ko'tarishda 135kg, siltab ko'tarishda esa 160kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi. Umumiy hisobda 295 kg tosh ko'targan Ergashev har uchchala yo'nalishda ham oltin medalga ega chiqdi.
Qayd etib o'tish lozimki, Adhamjon o'z vaqtida o'smirlar o'rtasida jahon chempioni, o'tgan yili kattalar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida esa bronza medali sohibiga aylangandi.
Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O'zbekiston og'ir atletika federaciyasini, sportchi va uning murabbiylarini tabriklaydi.
Fikrlar