16 sen 22:50
Yangiliklar
Og'ir atletika. Akbar Jo'raev Jahon chempionatini 2 ta oltin va 1 ta kumush, Ruslan Nurudinov esa 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan yakunladi
Biroz oldin -109 kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi.
Quvonarlisi, mazkur vazndagi ikki hamyurtimiz Akbar Jo'raev va Ruslan Nurudinov bugun musobaqani kutilganidek, medallar shodasi bilan yakunladi.
Jumladan, Akbar Jo'raev dastlab, 189 kg bilan dast ko'tarish bahslarida oltin medalni qo'lga kiritdi. Siltab ko'tarish bahslarida esa Akbar 226 kg natija qayd etib, kumush medalni o'ziniki qildi. Ahamiyaltisi, Jo'raev ikki kurash natijalariga ko'ra ham eng yaxshisi bo'ldi va ikkinchi oltin medalni o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.
Mazkur vazndagi ikkinchi hamyurtimiz Ruslan Nurudinov esa dast ko'tarish yo'nalishida 180 kg bilan to'rtinchi o'rinni egalladi. Siltab ko'tarish bahslarida Nurudinov 227 kg natija bilan oltin medalni qo'lga kiritdi. Ikki kurash natijalariga ko'ra, Ruslan Akbar Jo'raevdan so'ng kumush medalni qo'lga kiritdi.
SHunday qilib, Akbar Jo'raev musobaqani 2 ta oltin va 1 ta kumush, Ruslan Nurudinov esa 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan yakunladi.
Fikrlar