22 dek 18:03
Yangiliklar
Og'ir atletika. Akbar Jo'raev reyting musobaqasida uchta medalga ega chiqdi
Ushbu musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan 120 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Bahslarda o'zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqdalar. Avvalroq, Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov -67 kg vazn toifasidagi bahslarda 6 ta medalga ega chiqqanliklari haqida malum qilgandik.
Bugun -109 kg vazn toifasidagi bahslarda Akbar Jo'raev supachaga ko'tarildi. Hamyurtimiz dast ko'tarish bahslarida 179 kg., siltab ko'tarishda esa 213 kg. toshni o'ziga bo'ysundirdi. Umumiy hisobda 392 kg. natija ko'rsatgan Akbar uchinchi natijani qayd etdi va bronza medaliga sazovor bo'ldi. Bundan tashqari u dast ko'tarishda kumush, siltab ko'tarishda esa bronza medallariga ham ega chiqdi.
Musobaqa davom etmoqda. Ertaga o'tkaziladigan bellashuvlarda og'ir vaznli sportchimiz Rustam Djangabaev bahslarga kirishadi.
Fikrlar