01 apr 11:14
Yangiliklar
Og'ir atletika. Birozdan so'ng Pxuketda Parij-2024 uchun reyting turniri start oladi
Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi atletlari ham medallar hamda qimmatli reyting ochkolari uchun supachaga chiqishadi. Hamyurtlarimizning Jahon kubogidagi ishtirokini Jamila Panfilova boshlab beradi. -49 kg vazndagi og'ir atletikachimizning chiqishi bizning vaqt bilan soat 11:30da boshlanadi.
Ayollar
-49 kg: Jamila Panfilova (1 aprel, soat 11:30)
-55 kg: Nigora Abdullaeva (2 aprel, soat 17:00)
-81 kg: Rigina Adashbaeva (9 aprel, soat 11:30)
-87 kg: Nigora Suvonova (9 aprel, soat 17:00)
+87 kg: Tursunoy Jabborova (10 aprel, soat 14:00)
Erkaklar
-73 kg: Doston Yoqubov (4 aprel, soat 09:00)
-73 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (4 aprel, soat 09:00)
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov (6 aprel, soat 11:30)
-109 kg: Akbar Jo'raev (10 aprel, soat 17:00)
-109 kg: SHarofiddin Amriddinov (10 aprel, soat 17:00)
Malumot uchun, bahslarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
Fikrlar