24 apr 14:33
Yangiliklar
Og'ir atletika bo'yicha Iroq termasi doping sabab Olimpiadadan chetlatilishi mumkin
Malum qilinishicha, Alayfuri Salvan, Axmad Al-Xussayn va Safaa Aljumayli doping qabul qilganligi aytilmoqda. Hozircha ularning hech biri diskvalifikaciya qilinganicha yo'q. Ajumayli oldinroq, yani 2013 yil taqiqlangan modda stanozoldan foydalangani uchun ikki yil muddatga musobaqalardan chetlatilgandi. Atlet 2018 Osiyo o'yinlarida zafar quchgan va London Olimpiadasi-2012da 10-o'rinni egallagan.
Agar og'ir atletikachilarning aybi aniqlansa, bu iroqlik atletlar uchun 2008 yil Pekinda bo'lgan Olimpiadan buyon shu kabi 10-holat bo'ladi. SHu bilan birga Iroq terma jamoasi Tokioda o'tishi rejalashtirilgan Olimpiadadan butkul chetlatilishi mumkin. Sportchilari bir yil ichida antidoping qoidalarini uch va undan ko'p marotaba buzgan mamlakat barcha xalqaro musobaqalardan to'rt yilgacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin. Iroq og'ir atletika federaciyasi esa 50 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin.
Fikrlar