So’nggi yangiliklar

20:43"Пахтакор" - Ўзбекистон кубоги соҳиби! 0 19:06"Тожик бургути" — Нурулло Алиев UFC'даги кейинги жангини дебютантга қарши ўтказади 0 18:45Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси назорат баҳсида Буркина-Фасога ютқазди 0 18:22Эдди Хирн Шаҳрам Ғиёсовнинг Ромерога қарши жанги қачон бўлишини айтди 0 18:01Абдулрашид Садулаев: "Мен Хабиб ва унинг жамоаси билан дўстман, лекин..." 0 17:39Ричард Торрес Мозес Итаумани жангга чорлади 0 17:18Месси спортдаги энг буюк атлетлар ҳақида гапирди 0 16:57Тимофеева Ченнайдаги учрашувни охиригача етказа олмади 0 16:36"Ломаченко билан ҳам музокаралар олиб бораяпмиз". Пакьяо — Мейвезер билан реванш ҳақида гапирди 0 16:15"Тарихдаги энг ёмон PPVлардан бири". UFC 321 турнири танқид қилинди 0 15:54"Реал" айрим футболчилари Алонсо талабларидан норози 0 15:33Ўзбекистон дзюдо федерацияси томонидан Халқаро дзюдо куни кенг нишонланди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:12ИНТЕРВЬЮ. Абдумалик Ёрбўтаев — "достойный мужик" қандай бўлиши ҳақида 0 14:51Валери Камилло WTA раҳбарига айланади 0 14:30"Барселона" собиқ президенти: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси эмас" 0

12 iyu 12:58
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda

Teglar :  Og'ir atletika
Toshkent shahrida yoshlar o'rtasida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirgan.

Bugun musobaqada qizlar o'rtasida -75kg, yigitlar o'rtasida esa -94kg vazn toifasidagi polvonlar o'z omadlarini sinab ko'rishadi. Bellashuvlarda uch nafar hamyurtimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Yigitlar o'rtasidagi bahslarda Azimjon Ahmedov «B» guruhida supachaga chiqsa, qizlarimizdan Tursunoy Jabborova va Gulnoza Ahmadova «A» guruhida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi.

Eslatib o'tamiz, musobaqa davomida yigitlar o'rtasida -62 kg vazn toifasida Adhamjon Ergashev har uchchala yo'nalishda (dast ko'tarish, siltab ko'tarish va umumiy natija) oltin medalga sazovor bo'lib, yoshlar o'rtasida jahon chempionligiga erishgandi. Kecha esa qizlar o'rtasidagi bahslarda Kumushxon Fayzullaeva bronza (dast ko'tarish) va ikkita oltin (siltab ko'tarish va ikkikurash) medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, -77kg vazn toifasida G'ayrat Aytmuratov dast ko'tarish bo'yicha bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing