02 okt 18:22
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati KXDRda emas, O'zbekistonda o'tkaziladigan bo'ldi
Kuni kecha Buxarestda Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Ijroqo'mining yig'ilishi o'tkazildi.
Unda 2018 yilda SHimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda bo'lib o'tishi lozim
bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati Toshkentga ko'chirilishi haqida qaror qabul
qilingan.
OAV xabariga ko'ra, IWF Ijroqo'm yig'ilishidan biroz vaqt o'tib, tashkilot
rasmiy saytida ham elon qilingan, biroq ko'chirilish sabablariga oydinlik
kiritilmagan.
Eslatib o'tamiz, KXDR jahon chempionatini o'tkazish huquqini 2016 yilda
qo'lga kiritgan. Pxenyandan tashqari uni o'tkazish uchun Minsk (Belorussiya),
Eylat (Isroil), Anaxaym (AQSH) va Toshkent (O'zbekiston) kurash olib borgan
edi.
Havola :
Manba : uzbekistan24.uz
Fikrlar