27 mar 13:04
Yangiliklar
Og'ir atletika bo'yicha Jahon va Osiyo chempioni Dolera Davronova karantinni qanday o'tkazmoqda?
Yurtimizning deyarli barcha nuqtalarida ham karantin elon qilingan. Biz og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Osiyo chempioni Dolera Davronova bog'lanib, sportchimiz karantin vaqtida nimalar bilan band ekanligiga qiziqdik.
"Koronavirus tufayli oila azolarim bilan birgaman. Lekin bu mashg'ulotlarni tashlab qo'yish mumkin degani emas. Biz karantindamiz, tatilda emas. Individual tarzda shug'ullanyopman, sport formamni ushlab turishga qo'ldan kelgancha harakat qilyapman. Hozir deyarli butun dunyo sportchilari shunday holatda.
Ammo vahimaga o'rin yo'q, barchasi joyida. Asosiysi tozalikka rioya qilish zarur. Gigiena qoidalariga amal qilish uchun u yoki bu virus shart emas deb o'ylayman. Barchamiz birlashsak, bu virusni ham engib o'tamiz", - dedi Navoiy ixtisoslashtirilgan maktab internatining 3-bosqich talabasi.
Fikrlar