17 okt 09:34
Yangiliklar
Og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi
19 oktyabrga qadar davom etadigan musobaqa 2003-2007 yillarda tug'ilgan o'smir va qizlar o'rtasida bo'lib o'tadi. Mamlakat birinchiligiga CHirchiq shahridagi O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti og'ir atletika zali mezbonlik qilmoqda. 3 kun mobaynida 200 nafardan ziyod atlet g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Musobaqaning birinchi kunida qizlar o'rtasida 40-45, -49 kg, yigitlar o'rtasida esa -49 va -55 kg vazn toifalarida bahslar o'tkazilib, g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
Takidlash joiz, MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov CHirchiq shahriga tashrif buyurdi va bellashuvlarni tomosha qildi. Federaciya mutasaddilari bilan fikr almashib, kerakli tavsiyalarni berib o'tdi.
Birinchi kundagi natijalar bilan tanishing:
Fikrlar