30 mar 10:47
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston chempionatining dastlabki g'oliblari aniqlandi
Kecha CHirchiqdagi O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida og'ir atletika bo'yicha mamlakat chempionati start oldi.
Kattalar o'rtasida o'tkazilayotgan mazkur chempionatning dastlabki kunida bir nechta vazn toifalarida g'olib va sovridorlar aniqlab olindi. O'z vaznida mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan sportchilar va ularning natijalari bilan tanishing:
Erkaklar:
-55 kg: Ro'zimurod Aslanov (Andijon) – 220 kg (100 kg + 120 kg)
-61 kg: Nurmuhammad Nazirbekov (Andijon) – 265 kg (119 kg + 146 kg)
Ayollar:
-45 kg: Zinnura Muxtorova (Andijon) – 142 kg (62 kg + 80 kg)
-49 kg: Zuhra Atajanova (Xorazm) – 146 kg (65 kg + 81 kg)
-55 kg: Jamila Panfilova (Toshkent viloyati) – 171 kg (76 kg + 95 kg)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar