So’nggi yangiliklar

08:35Арман Царукяннинг эртанги камар учун кечадиган жангдаги рақиби ўзгарди 0 08:14"Топурия янада машҳур бўлиш учун менинг номимдан фойдаланди" - Пимблетт 0 07:53"Ақлсизлик". Жо Роган Трампнинг Оқ уйда UFC турнири ўтказилиши ҳақидаги сўзларини масхара қилди 0 07:32Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ва шунга ўхшаш таомлар камайтирилган" 0 07:11IJF Judo Awards 2025! Йилнинг энг яхшиларига овоз бериш бошланди. Икки йўналишдаги даъвогарлар орасида бизникилар ҳам бор! 0 18:30Собиқ чемпион Камару Усманнинг Махачевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 18:05Топурия қачон UFC’даги жангларга қайтишини айтди 0 17:37Тошкент футболи — 100 ёшда! (+ФОТО) 0 17:16Octagon 83. Асосий жанг чемпион ҳамюртимиз иштирокидаги кечади + ПОСТЕР 0 16:55IBA ёки World Boxing? Ўзбекистонда танлов қандай бўлиши керак? (таҳлил) 0 16:32Исроил Мадримов навбатдаги жангини январь ойида ўтказиши мумкин 0 16:112027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президенти қарори эълон қилинди 0 15:57Том Аспиналл Нганну билан жанг қилишга тайёр 0 15:36Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади 0 15:15"Ҳумо Арена"да ўтадиган Octagon 83 турнири чипталари қанчадан сотиляпти? 0

25 avg 18:39
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika bo'yicha "O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi" oldidan matbuot-anjumani tashkil etildi

Teglar :  Og'ir atletika
"ZOOM" platformasida o'tkazilgan matbuot-anjumanida O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi birinchi vice-prezidenti SHaxrillo Mahmudov, MOQ prezidenti Rustam SHaabdurahmonov, MOQ mutasaddi hodimlari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi va OAV vakillari qatnashdi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi birinchi vice-prezidenti SHaxrillo Mahmudov javob berdi.     

Musobaqadagi natijalar, hususan turli rekordlar qayd etilgan taqdirda ular hisobga olinadimi? 
Iyul oyi avvalida biz onlayn xalqaro musobaqada ishtirok etdik. Bizning vaqtimiz bilan musobaqa yarim tunda, tong otishiga yaqin bo'lishiga qaramay, jiddiy muammolar bo'lmadi. Ushbu musobaqa orqali sportchilarimizning holatini yana bir bor sinovdan o'tkazib oldik. Bo'lajak musobaqada qayd etiladigan barcha rekordlar inobatga olinadi. Xalqaro og'ir atletika federaciyasi ham musobaqadan avval doping-test o'tkazilgan taqdirda, natijalarni hech qanday muammosiz tan oladi.

Tashkilotchilik masalalari qay darajada olib borildi? Musobaqa davomida aloqa bilan, bevosita internet bilan muammolar yuzaga kelmaydimi? Turli xil kutilmagan vaziyatlarga qanchalik tayyorlana oldik deb o'ylaysiz?
Bir necha kun oldin test rejimida aloqa o'rnatdik, unda dunyoning ko'plab mamlakatlaridan sportchilar bilan bog'landik va barchasi ko'gildagidek o'tdi. Tayyorgarlik borasida gapiradigan bo'lsak, elektr-energiyasi bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarga tayyor bo'lish niyatida, maxsus qurilma tayyorlandi, xudo xohlasa, bu borada muammo bo'lmaydi. Bundan tashqari musobaqa uchun maxsus dasturdan foydalanamishni rejalashtirganmiz.

Musobaqani to'liq efirga uzatish oson emasligini tushunamiz, lekin OAV vakillari uchun qiziq savol, SPORT telekanali orqali vakillarimizning chiqishlari to'liq olib beriladimi? Bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?
Zoxid Karimov: Translyaciya borasida muammolar bo'lmaydi. Bu borada zarur tayyorgarlik ko'rildi. Telekanalimiz ham onlayn musobaqalarni efirga uzatish rejimiga ko'nikib boryapti. Og'ir atletika musobaqasi dasturlar rejasiga kiritilgan va vakillarimizning chiqishlari efirga uzatiladi.

Nega Muattar Nabieva bir oydan ko'proq muqaddam bo'lib o'tgan musobaqada ishtirok etmagandi? 
Muattar malum vaqt davomida oilasi davrida bo'lib qaytdi va o'sha vaqtga kelib u xalqaro musobaqada o'zining darajasida ishtirok etishga tayyor emasdi. Lekin u ayollar terma jamoamiz etakchisi bo'lib qolaveradi va bo'lajak musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Adhamjon Ergashev goh u, goh bu vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etmoqda. Buning sababi nima va qachon bu kabi tajriba ishlari yakuniga etadi?
Adhamning turli xil vaznlarda supachaga chiqishining sababi qandaydir tajriba o'tkazish emas. Sportchi vazn tashlashi oson jarayon emas. Har oy, hattoki har kvartalda vazn tashlashi istaymizmi yo'qmi, uning salomatligiga ham salbiy tasir o'tkazadi. SHu sababli, biz bu musobaqada atletning qiynamaslikka qaror qildik. Adham bilan asosiy maqsadimiz oldinda turgan Tokio Olimpiadasida ijobiy natija ko'rsatish hisoblanadi.  

Musobaqa sovrindorlarini taqdirlash jarayoni qanday kechadi? G'oliblarga medal topshiriladimi, chempion sharafiga madhiya yangraydimi?
Bu borada ham tayyorgarlik ko'rilgan. Har bir ishtirokchining rasmi tayyorlab qo'yilgan. G'oliblarga ramziy medallar topshiriladi va ularning sharafiga onlayn rejimda madhiya yangraydi. Ko'ramiz, balki aynan bizning musobaqa poydevor vazifasini o'tab, keyingi turnirlarda medallarni etkazishni ham yo'lga qo'yarmiz.

Onlayn matbuot-anjumani yakunida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam Mavzurovich SHaabdurahmonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

“Assalomu aleykum, hurmatli konferenciya ishtirokchilari. Sizlarni mana shu tadbirimizda ko'rib xursand bo'ldim. Hozirda sportimiz to'xtab qolgani yo'q. Barcha onlayn bo'lsa ham mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Ayni kunlarda Mustaqilligimiz bayrami munosabati bilan stol tennisi, kamondan otish, Paralimpiya turlari va boshqa yo'nalishlar bo'yicha bo'yicha musobaqalar o'tkazilmoqda. Bularning barchasi test rejimida olib borilmoqda. Asosiy maqsadimiz – barchani sog'lom turmush tarziga jalb qilish. Bunday tadbirlarimiz sport muxlislariga motivaciya bo'lishi kerak”.

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqada dunyoning 32 mamlakatidan 150 nafarga yaqin polvonlar g'oliblik uchun bahs olib borishadi. Ular orasida Olimpiada va jahon chempionlari Zulfiya CHinshanlo (Qozog'iston), Luis Moskera (Kolumbiya), Li Venven (Xitoy) kabi nomlarni ko'rish musobaqaga bo'lgan qiziqishning ne chog'lik ulkan ekanini ko'rsatib turibdi. O'z navbatida, Adhamjon Ergashev, Akbar Jo'raev, Muattar Nabieva kabi nomdor vakillarimiz ham o'z vazn toifalarida g'oliblik uchun kurash olib borishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing