So’nggi yangiliklar

13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0

01 may 15:11
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

Teglar :  Og'ir atletika
Ashxobodda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Musobaqada qatnashgan to'qqiz sportchimizdan olti nafari sovrinli o'rinlarga sazovor bo'ldi. Jamoamizga dastlabki medalni 62 kg vazn toifasida qayd etilgan Adhamjon Ergashev keltirdi. Yosh sportchimiz bugungi kunda kattalar o'rtasida ham qitaning etakchi atletlaridan biri ekanligini isbotladi. Garchi u dast ko'tarishda 5-o'rin (128 kg) bilan cheklangan bo'lsa-da, siltab ko'tarishda 158 kg og'irlikdagi toshni ko'tarib, bronza medalni qo'lga kiritdi. Ikkikurashda hamyurtimiz 286 kg natija bilan 4-pog'onadan joy oldi. 

Navbatdagi, 69 kg vaznda ro'yxatdan o'tgan istedodli sportchimiz, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Doston Yoqubov ham jamoadoshining natijalarini takrorladi. Dast ko'tarishda 5-o'rin, ikkikurashda 4-o'rin va siltab ko'tarishda bronza medal. Tabiiyki, Dostonning ko'rsatkichlari biroz yuqoriroq – 134+177=311 kg. Keyingi vazn toifalarida supachaga chiqqan SHahzod Xudoyberganov va Fayzullo Nabiev mos ravishda 6-8-o'rinlarni band etishdi. 

SHundan keyin bir necha kun davomida Ashxobod shahridagi muhtasham og'ir atletika zaliga to'plangan muxlislar Osiyoning og'ir vaznli pahlavonlari ishtirokidagi qiziqarli chiqishlarning guvohi bo'lishdi. Quvonarlisi, Osiyo chempionatining so'nggi uch kunini mamlakatimiz sportchilari o'zlarining ajoyib harakatlari bilan bezab berishdi. Yoshlar o'rtasida jahon chempioni Farxodbek Sobirov o'zining 20 yoshida qitaning barcha etakchi polvonlarini tiz cho'ktirib, chempionlikni nishonladi. Dast ko'tarishda 175 kg – oltin medal, siltab ko'tarishda 205 kg – kumush medal (eronlik kuchli raqibidan atigi 1 kg ortda qoldi) naqd. Ikkikurashda Sobirov 380 kg jamg'arib, aynan Eron vakilidan oz emas, ko'p emas 8 kg o'zib ketdi va Osiyo chempioni deb elon qilindi.  

Farxodbekning ajoyib yutug'idan ruhlanib, qolgan zabardast pahlavonlarimiz ham murabbiylar va ishqibozlar ishonchini oqlashdi. Avvaliga 105 kg vaznli Ivan Efremov o'zining sevimli mashqi dast ko'tarishda eronlik mashhur Muhammadrizo Baroriydan keyin ikkinchi o'rinni egalladi va jamoamizga kumush medal keltirdi. Tan olish kerak, Ivan siltab ko'tarishda hali o'zining haqiqiy sport formasini tiklay olmaganligi ko'rindi. Malumot uchun, ushbu vazn tofasida yana bir sportchimiz Avez Idiev ham o'z mahoratini namoyish etganligini aytib o'tish joiz. 

CHempionatning so'nggi kunida yana o'zbek sportchisining chiroyli g'alabasi sharafiga Vatanimiz madhiyasi yangradi. Rustam Jangaboev har qanday sport turida eng nufuzli hisoblangan o'ta og'ir vazn toifasi yakuniy natijalariga ko'ra, Osiyo chempioni deb tan olindi va shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Rustam polvon dast ko'tarishda 196 kg (2-o'rin), siltab ko'tarishda 241 kg (2-o'rin) og'irlikni zabt etdi. 1-mashq bo'yicha Jangaboev musobaqa mezboni Hojamuhammad To'ychievdan atigi 1 kg ortda qoldi. 2-mashqda esa Xitoy Taypeyi vakiliga bor-yo'g'i 2 kg yon berdi. Darvoqe, Rustam yaqindagina mamlakat chempionatida siltab ko'tarish bo'yicha uzoq yillardan buyon saqlanib kelayotgan Igor Xalilovga tegishli O'zbekiston rekordi (240 kg)ni 1 kilogrammga yangilagan edi. Ashxobodda u mazkur natijani takrorladi. Nima bo'lganda ham, O'zbekiston terma jamoasi azosi Rustam Jangaboev ikkikurashda 437 kg to'plab, eng yaqin taqibchisini 9 kg ortda qoldirib ketdi. SHu tariqa Osiyo chempioni sharafiga O'zbekiston madhiyasi yangradi. 

Umuman olganda, mamlakatimiz erkaklar jamoasi kattalar o'rtasidagi bu galgi Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza – jami 9 ta medal bilan jamoaviy hisobda Eron va Xitoydan keyin 3-o'rinni egalladi. Ikki sportchimiz – Farxodbek Sobirov (94 kg) va Rustam Jangaboev (+105 kg) Osiyo chempioni deb tan olindi. 

Endi ikki og'iz so'z qizlarimiz ishtiroki xususida. Bu galgi qita chempionatida ayollar terma jamoamiz kamtarona tarkib bilan ishtirok etdi. SHunga qaramasdan, Ashxobodga yo'l olgan ikkala qizimiz ham uchun musobaqa mazmunli o'tdi. 75 kg vazn toifasida qayd etilgan Omadoy Otaqo'zieva xuddi Adhamjon va Doston kabi dast ko'tarishda 5-o'rin (92 kg), ikkikurashda 4-o'rin (212 kg)ni egalladi va siltab ko'tarishda 120 kg natija bilan bronza medalga sazovor bo'ldi. Murosasiz kurashda u Yaponiya va Mo'g'ulistondan kelgan kuchli raqiblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. 90 kggacha vaznli sportchilar orasida supachaga chiqqan Dolera Davronovaning chiqishi esa yanada zalvorli bo'ldi. Uning siltab ko'tarishdagi 115 kg va ikkikurashdagi 204 kg natijalari bronza medal qiymatiga teng keldi. 

Eng muhimi, har ikkala qizimiz garchi, hali qitaning etakchi og'ir atletikachi qizlariga nisbatan ancha yosh bo'lsalar-da, kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati supachasida o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Omadoy ham, Dolera ham murabbiylar tomonidan berilgan barcha buyurtmalarni samarali amalga oshirishdi. Boshqacha qilib aytganda, ular berilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishdi. Demak, ayollar jamoamiz qita chempionatini 3 ta bronza medal bilan yakunlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
02 may 10:23:36
Bek
Оғир атлетикачиларимизни ажойиб ғалаба билан табриклайман. Айниқса, Фарходбек Собиров ва Рустам Жангабоев мусобақага муносиб тарзда қатнашганлиги кўриниб турибди. Фарход ўзбек оғир атлетикасининг бўлажак юлдузи. Шу билан бирга, Иван Ефримов, Адхам Эргашев ва Достон Ёқубовлар хатто Ўзбекистон чемпионатида қайд этган натижаларини такрорла олмаганлиги ва имконият даражасидан паст қатнашганлиги ачинарли. Омад Атлетларимизга.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing