So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

13 noy 08:21
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi VI Islom birdamligi o'yinlarini 20 ta medal bilan yakunladi

Kecha Osiyo qitasi miqyosidagi eng nufuzli musobaqalardan biri - Islom birdamligi o'yinlari doirasidagi og'ir atletika bahslari nihoyasiga etdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, vakillarimiz 6 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medalni qo'lga kiritib, jami 20 ta medal bilan yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. 

Musobaqada ishtirok etgan 10 nafar sportchimizdan 8 nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi, qolgan 2 nafar yosh sportchimiz esa bahslarni kuchli beshlikda yakunladi.

Etiborga molik jihatlardan yana biri shundaki, musobaqada qatnashgan yigitlarimizning barchasi 100 foizlik natija ko'rsatdi — yani ishtirok etgan 5 nafar polvonning har biri shohsupaga ko'tarildi. 

• Adhamjon Ergashev ikki yillik tanaffusdan so'ng xalqaro maydonga qaytib, o'z kuchini namoyon etdi va delegaciyamiz hisobiga oltin, kumush hamda bronza medallarini sovg'a qildi.

• Nigora Abdullaeva ilk bor ishtirok etgan Islom birdamlik o'yinlarida birdaniga 3 ta kumush medalni qo'lga kiritdi.

• Yosh sportchimiz Diyorbek Ro'zmetov ham delegaciyamiz g'aznasini kumush medal bilan boyitdi.

• Tajribali polvonimiz Sarvarbek Zafarjonov o'z mahoratini yana bir bor isbotlab, 2 ta oltin va 1 ta kumush medal sohibiga aylandi. SHu tariqa, Sarvarbekning Islom birdamlik o'yinlaridagi umumiy natijasi 5 ta oltin va 1 ta kumush medalni tashkil etmoqda. Bu ko'rsatkich Akbar Jo'raevdan keyin eng yuqori natija hisoblanadi.

• Qizlarimizdan Rigina Adashbaeva va Tursunoy Jabborova ham qita miqyosida etakchilar qatorida ekanliklarini ko'rsatib, 3 tadan kumush va bronza medalni o'z nomlariga yozdirib qo'yishdi.

• O'zbekiston og'ir atletikasining faxrli vakillaridan biri Akbar Jo'raev kutilganidek, bu gal ham raqiblariga imkon qoldirmay, o'z ustunligini yana bir bor namoyon etdi va 3 ta oltin medalni yurtimiz g'aznasiga qo'shdi. SHu bilan Akbar Jo'raevning Islom birdamlik o'yinlaridagi medallari soni 6 taga etdi va ularning barchasi oltin! Bu ko'rsatkich — O'zbekiston sporti tarixidagi eng yuqori natija hisoblanadi.

• SHuningdek, VI Islom birdamlik o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasining bayroqdorlik sharafi ham og'ir atletikachilarimizga nasib etdi. Bu masuliyatni SHarofiddin Amriddinov  alo darajada bajardi. Ayniqsa, ilk bor mutlaq vazn toifasi — +110 kgda ishtirok etgan SHarofiddin musobaqani chiroyli ruhda yakunlab, bronza medal sohibi bo'ldi va eng og'ir vazn toifasida delegaciyamiz hisobiga navbatdagi medalni taqdim etdi. Bu esa yurtimiz sportchilari hatto mutlaq vazn toifasida ham etakchilar safida ekanligini yana bir bor isbotladi.

Eslatib o'tamiz, og'ir atletikachilarimiz Turkiyaning Konya shahrida o'tgan V Islom birdamlik o'yinlarida 15 ta medalni qo'lga kiritgan edi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing