10 mar 16:00
Yangiliklar
Og'ir atletika bo'yicha Qoraqalpog'iston chempionati o'tkazildi
Musobaqada Beruniy tumani, Nukus va Taxiatosh shaharlaridan 100 dan ziyod sportchi 7 vazn toifasida o'zaro bahslashdi.
– Bu o'ziga xos saralash bellashuvlarida “Barkamol avlod” sport o'yinlari va
mamlakat chempionatida ishtirok etadigan kuchli sportchilar tanlab olinadi,
– deydi musobaqa bosh hakami Fozil O'razimbetov. – G'oliblar mart oyining
oxirida CHirchiq shahrida o'tkaziladigan O'zbekiston chempionatida ishtirok
etadi.
Og'ir toshlarni dast va siltab ko'tarish bo'yicha eng yaxshi natijani qo'lga
kiritgan nukuslik Zuhra Uzoqbergenova, Sayyora Qaypnazarova, Jaziyra
Matmuratova, Bozorgul Reyimbergenova, Muyassar Jamoladdinova, Malika
Madatboeva, Beruniy tumanidan Dina Tojiboeva o'z vazn toifasida birinchi
o'rinni egalladi.
O'smir yigitlar o'rtasida o'z vazn toifasida boshqalarga imkoniyat
qoldirmagan og'ir atletikachilar taxiatoshlik Dalat O'tebrev, Quvonch
Boymuratov, O'mirboy Mavlenov, SHahimardon Kemalov, nukuslik Aybergen
Ayapbergenov, Bekzod Jamolov, Muhammaddin Muratboev, Nurabulla Abdullaev
g'oliblik shohsupasidan o'rin oldi.
G'oliblarga medallar va O'zbekiston chempionatiga yo'llanma topshirildi.
Aminboy Ortiqboev, O'zA
Fikrlar