19 apr 12:03
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Bugun ikki nafar hamyurtimizdan medal kutamiz
Toshkent shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Kecha musobaqa doirasida Og'abek Nafasov va Muattar Nabieva kabi atletlarimiz sovrindor bo'lganliklari haqida xabar qilgandik.
Bugun musobaqa doirasida yana ikki hamyurtimiz chiqish qiladi.
Qizlarimizdan -59 kg vaznli Nigora Abdullaeva soat 16:00da boshlanadigan bahslarda supachaga chiqsa, yigitlarimizda oltin medal uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanayotgan Adhamjon Ergashev soat 19:00dan boshlab -67 kg vazn toifasida o'z omadini sinab ko'radi.
19 aprel, “A” guruhi:
-59 kg: Nigora Abdullaeva (16:00-18:00)
-67 kg: Adhamjon Ergashev (19:00-21:00)
Eslatib o'tamiz, bellashuvlar "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkazilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar