13 iyu 13:42
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Bugun jahon chempionatida ikki nafar hamyurtimiz chiqish qiladi
Xabaringiz bor, Toshkent shahri yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.
Jahon chempionatining ettinchi kunida ikki nafar hamyurtimiz sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi.
Qizlar o'rtasida -90kg vazn toifasida Dolera Davronova supachaga chiqsa, -105kg vazn toifasidagi yigitlar ichida Akbar Jo'raev o'z omadini sinab ko'radi. Hamyurtlarimizning har ikkisi ham "A" guruhida chiqish qiladi.
Eslatib o'tamiz, bungacha hamyurtlarimizdan Adhamjon Ergashev va Kumushxon Fayzullaeva jahon chempionligini tantana qilgan bo'lsalar, Tursunoy Jabborova bronza medalini qo'lga kiritgan. G'ayrat Aytmuratov esa dast ko'tarishda bronza medali sohibiga aylangan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar