11 iyu 11:29
Yangiliklar
Og'ir atletika. Bugun uch nafar sportchimiz JCHda o'z imkoniyatini sinab ko'radi
Qizlar o'rtasida -69kg vazn toifasida bahslar tashkil qilinadi. Unda "B" guruhida Layloxon Xursanova supachaga chiqsa, "A" guruhida Bozorgul Rambergenova medallar uchun kurashadi. Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarda esa -85kg vazn toifasida Zaynobiddin Mahamadaminov yurtimiz sharafini himoya qiladi. U "B" guruhida o'z omadini sinab ko'radi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa davomida yigitlar o'rtasida -62 kg vazn toifasida Adhamjon Ergashev har uchchala yo'nalishda (dast ko'tarish, siltab ko'tarish va umumiy natija) oltin medalga sazovor bo'lib, yoshlar o'rtasida jahon chempionligiga erishgandi. Kecha esa qizlar o'rtasidagi bahslarda Kumushxon Fayzullaeva bronza (dast ko'tarish) va ikkita oltin (siltab ko'tarish va ikkikurash) medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, -77kg vazn toifasida G'ayrat Aytmuratov dast ko'tarish bo'yicha bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.
Fikrlar