13 iyu 18:45
Yangiliklar
Og'ir atletika. Dolera Davronova jahon chempionatida O'zbekistonga uchinchi oltin medalni taqdim etdi
Bundan bir necha daqiqa oldin qizlar o'rtasida -90kg vazn toifasida bellashuvlar nihoyasiga etdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Dolera Davronova himoya qildi. Quvonarlisi hamyurtimiz bellashuvlar yakuniga ko'ra jahon chempionligi unvoniga sazovor bo'ldi.
Avvaliga u dast ko'tarish bahslarida 97kg. toshni o'ziga bo'ysundira oldi va beshinchi natijani qayd etdi. Siltab ko'tarishda esa u 128kg. tosh ko'tardi. Bu orqali u siltab ko'tarish hamda ikkikurash yakuniga ko'ra (225kg) oltin medalni qo'lga kiritdi.
Bu borada kumush medalni amerikalik sportchi Roza Riotto (224kg.) qo'lga kiritgan bo'lsa, kuchli uchlikka avstriyalik Sara Fisher (224 kg.) yakun yasadi.
Eslatib o'tamiz, bungacha Adhamjon Ergashev va Kumushxon Fayzullaevalar jahon chempioni unvonini qo'lga kiritgandilar.
Fikrlar