So’nggi yangiliklar

09:17Кайо Борральонинг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 08:56Бо Никал Йоэл Ромеродан чемпионлик камарини ҳимоя қиладими? 0 08:35Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берди? 0 08:14Пэдди Пимблетт - Жастин Гэтжи жанги учун захира варианти айтилди 0 07:53Илҳом Назимовнинг RIZIN промоушенидаги навбатдаги жанги тасдиқланди 0 07:32UFC ярим ўрта вазн рейтингида бу йил умуман жанг ўтказмаган Раҳмонов кўтарилди 0 07:11Испания Кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлуб этди 0 19:0046 ёшли Пакьяо 2026 йилдаги режасини очиқлади 0 18:38Фёдор Емельяненко Нганну - Немков эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 18:15"Менга Чимаев эмас, UFC камари керак" - Нассурдин Имавов 0 17:40Шомуродов рамзий жамоадан жой олди 0 17:17Илия Топурия Пэдди Пимблеттга бўлган муносабати ҳақида гапирди 0 16:41"Шундагина унинг имконияти бўлади". Жастин Гэтжи Пэдди Пимблетт уни қандай мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 16:20Алекс Перейра Оқ уйдаги UFC турнирида қатнашиш нияти йўқлигига шаъма қилди 0 15:59Ўтиш ўйини. "Бухоро" "Арал"ни мағлуб этди ва Суперлигада қолди 0

04 noy 08:41
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Ergashev yoshlar o'rtasida jahon rekordini yangiladi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun musobaqada -61 kg vazn toifasida erkaklar o'rtasida "A" guruhi bahslari o'tkazildi. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini Adhamjon Ergashev himoya qildi. Hamyurtimiz musobaqada dast ko'tarishda 136 kg., siltab ko'tarishda esa 157 kg. tosh ko'tardi. Umumiy hisobda 293 kg. natija ko'rsatgan Adhamjon jahon chempionatida oltinchi o'rinni egalladi.

Dast ko'tarishdagi 136 kg. natija orqali 19 yoshli hamyurtimiz yoshlar o'rtasidagi rekordni yangiladi. Polvonimiz ushbu natijani kattalar o'rtasidagi musobaqada qayd etgan bo'lsada, jahon chempionatida bunday toifadagi rekordlar ham alohida inobatga olinadi.

Eslatib o'tamiz, Ergashev shu yil Toshkent shahrida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida dast ko'tarishda 135 kg., siltab ko'tarishda 160 kg., umumiy hisobda 295 kg. natija bilan jahon chempioni bo'lgandi.

SHu o'rinda muxlislarimizni qiziqtirayotgan yana bir malumotni eslatib o'tmoqchimiz. Musobaqada g'oliblik uchun asosiy davogar hisoblangan sportchilarimiz Ruslan Nurutdinov (-109 kg.) va Rustam Djangabaev (+109 kg.) mos ravishda 9 va 10 noyabr kunlari supachaga chiqadilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing