So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

10 apr 15:00
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Gulnoza Ahmadova jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi

Teglar :  Og'ir atletika
Bir haftada davomida Tailand poytaxti Bangkok shahrida og'ir atletika bo'yicha bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bugun o'z yakuniga etadi.

Musobaqada 57 ta davlatdan 445 nafar sportchilar g'oliblik uchun kuch sinashishmoqda. O'zbekiston terma jamoasi ham musobaqada to'liq tarkibda ishtirok etmoqda.

Bu safargi jahon chempionatida delegaciyamizga ilk medalni qizlar o'rtasida 58 kg vazn toifasida ishtirok etgan Kumushxon Fayzullaeva taqdim etgani hususida xabar berib o'tgandik. Hamyurtimiz dast ko'tarishda 79, siltab ko'tarishda esa 106 kilogramm og'irlikni bo'ysidira olgan, yakunda siltab ko'tarishda kumush medalga loyiq ko'rilgan bo'lsa, umumiy 185 kilogramm natijasi bilan bronza medaliga sazovor bo'lgandi.



Kecha yana bir qizimiz, Gulnoza Ahmadova 75 kg vazn toifasida dast ko'tarishda 89 kg og'irlikni bo'ysindirib bronza medaliga loyiq ko'rildi. Siltab ko'tarishda esa Gulnoza 108 kg tosh ko'tarib kumush medaliga sazovor bo'ldi. Natijada umumiy 197 kg natijasi bilan hamyurtimiz qozog'istonlik Olga Pastuxovadan so'ng ikkinchi o'rinni egallab, kumush medali bilan taqdirlandi va terma jamoamizga muhim 25 ochko keltirdi. Ushbu vazn toifasida ishtirok etgan yana bir sportchimiz SHodmonoy Ochilova esa musobaqani kuchli o'nlikda yakunlab, terma jamoamiz hisobiga qimmatli 16 ochkoni qo'shib qo'ydi. Malumot uchun, musobaqada 58 kg vazn toifasida delegaciyamiz uchun dastlabki medalni taqdim etgan Kumushxon Fayzullaeva bronza medalidan tashqari terma jamoamiz uchun 23 ochko ham ishlab olgandi.  

Xabar berib o'tganimizdek, bu safargi jahon chempionatida 2018 yilda Argentinada bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziyalar o'ynalmoqda. Musobaqa reglamentiga ko'ra, jahon chempionatida 1-7 o'rinni egallagan terma jamoalar 2+2 ko'rinishida licenziyalarga ega bo'lishadi. Yani umumjamoa hisobida kuchli ettitalikka kirgan davlatlar uchun 2 ta o'g'il bolalar va 2 ta qizlar uchun o'smirlar Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi ajratiladi. 8-17 o'rinlarni band etgan terma jamoalarga esa 1+1 ko'rinishida yo'llanmalar taqsimlanadi.



Demak o'z o'zidan ko'rinib turibdiki, Bangkokdagi jahon chempionatida o'smirlar Olimpiya o'yinlari licenziyalari uchun asosan jamoaviy kurash kechmoqda. Bu esa musobaqani yanada keskin va murosasiz ruhda o'tishini taminlab bermoqda. Jahon chempionatida bugungi kun holatiga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi qizlar o'rtasida kuchli ettilikda bormoqda va o'smirlar Olimpiya o'yinlariga beriladigan maksimal 2 ta yo'llanma terma jamoamiz uchun deyarli naqd bo'lib turibdi.

Bugun, jahon chempionatining so'nggi kunida qizlar o'rtasida +75 kg. vazn toifasida Dolera Davronova chiqish qiladi. Dolera hattoki kuchli o'ntalikka kirib terma jamoamizga 16 ochko taqdim eta olsa ham delegaciyamiz Olimpiya o'yinlarining 2 ta licenziyasiga ega bo'ladi. Jahon chempionatining yakuniy natijalari xaqida keyinroq batafsil malumot beramiz.



Reyting:    

Fikrlar

   
10 apr 19:46:00
SarvarPARKENTLIK 2706
Erkakla baxslaridan ham xisoblani yetkazingla adminla
   
10 apr 19:44:57
SarvarPARKENTLIK 2706
O. Atletika asli erkaklar sport turi. Lekin mana To'marisdek shijoatli qizlarimiz yurt shani uchun kurashishmoqda . Omad
   
10 apr 19:43:08
SarvarPARKENTLIK 2706
Kumushxon, Shodmonoy, Gulnozaxon sizla har 3 kunda selfilarila bilan sot.set.ni gullatmasanglarda biz uchun yurtimiz faxrisizlar !
   
10 apr 19:40:56
SarvarPARKENTLIK 2706
Ofarin atletlarimizga !
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing