06 noy 18:14
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Hamyurtimiz o'z guruhida uchinchi bo'ldi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqa doirasida -89 kg vazn toifasida bellashuvlar o'tkazilmoqda. Ushbu vaznda "S" guruhida ishtirok etgan hamyurtimiz Zaynobiddin Mahamadaminov dast ko'tarishda 156 kg. natija ko'rsatib, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Siltab ko'tarishda esa 175 kg. tosh ko'tardi va sakkizinchi bo'ldi. Ikkikurash yakuniga ko'ra Zaynobiddin 331 kg. natija ko'rsatdi va uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Bugun shuningdek, mazkur vazn toifasida "B" guruhida Sunnatilla O'sarov bahslarga kirishadi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 10 noyabrga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar