04 fev 11:05
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Ilk ishtirokchimiz oltinchi bo'ldi, bugun Adhamjon Ergashev supachaga chiqadi
Toshkent shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati start oldi.
Kecha musobaqaning ilk kuni doirasida hamyurtimiz Munisa Odilova -45 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etdi. Yosh sportchimiz dast ko'tarishda 57, siltab ko'tarishda esa 70, umumiy hisobda 127 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi. Bu orqali u 7 nafar sportchi orasida 6-natijani ko'rsatdi.
Bugun musobaqa doirasida erkaklar o'rtasida -61 kg, ayollar o'rtasida esa -49 kg vazn toifasida bahslar tashkil etiladi.
Avvaliga, soat 12:00dan boshlab Jamila Panfilova, soat 15:00dan so'ng esa Adhamjon Ergashev Osiyo chempionati medallari uchun kurash olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar