So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

09 fev 08:45
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. IWF 2024 yilgi asosiy musobaqalar ro'yxatini elon qildi

Teglar :  Og'ir atletika
Xalqaro og'ir atletika federaciyasi(IWF) 2024 yil mobaynida o'tkaziladigan 8 ta muhim musobaqalar ro'yxatini elon qildi.

Unga ko'ra, o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati kelgusi yili Peru davlatining Lima shahrida o'tishi belgilangan bo'lsa, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini Ispaniya mamlakati qabul qilishi nazarda tutilgan.

SHuningdek, yoshlar-o'smirlar va kattalar o'rtasidagi Hamdo'stlik chempionati Fijining Suva muzofotida bo'lib o'tadi.

Har uchta musobaqaning o'tkazilish sanalari Xalqaro og'ir atletika federaciyasi(IWF) va qabul qiluvchi davlatlar kelishuvi asosida elon qilinadi.

2024 yil mobaynida Parij-2024 Olimpiadasining so'nggi yo'llanmalarini taqdim etadigan bir qator qitaviy musobaqalar tashkil etilishi ham tasdiqlandi.

Tasdiqlangan dasturga binoan Parij-2024 Olimpiya o'yinlari yo'llanmalari taqdim etiladigan Pan Amerika qitasi chempionati kelgusi yil yanvar-fevral oylarida o'tkazilishi belgilangan bo'lib, qabul qiladigan mamlakat va aniq sanalari keyinroq elon qilinishi nazarda tutildi.

Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmalari beriladigan Evropa chempionati 2024 yil 17-28 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahri mezbonligida bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

Okeaniya qitasi uchun Parij-2024 Olimpiadasi saralash musobaqalari keyingi yili 23-28 fevral kunlari Yangi Zelandiya davlatining Okland shahrida tashkil etiladi. Aynan shu kunlari yashil qitaning yosh og'ir atletikachilari ushbu mamlakatda Okeaniya yoshlar va o'smirlar chempionatida ishtirok etishi Xalqaro og'ir atletika federaciyasi(IWF)  taqvim rejasidan joy olgan.

Osiyo qitasi og'ir atletikachilari Parij-2024ning so'nggi chiptalarini qo'lga kiritish uchun 2024 yilning 20-27 fevral kunlari mamlakatimiz poytaxti Toshkent sport maydonlarida kurash olib boradi.

Etiborli jihati, og'ir atletika bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasining eng so'nggi yo'llanmalari aynan O'zbekistonda taqdim etilishi bilan to'rt yillik Olimpiya cikli yakunlanadi.


O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing