17 okt 19:25
Yangiliklar
Og'ir atletika. Jahon chempionati bu yil ikkita supachada o'tkazilishi mumkin
Parij-2024 Olimpiadasi yo'lida licenzion xarakterga ega ushbu musobaqada qatnashish istagini bildirgan atletlar soni ortib bormoqda.
Malum bo'lishicha, mazkur dunyo birinchiligida ishtirok etish uchun 1300 nafar sportchidan dastlabki talabnoma kelib tushgan. Garchi musobaqa arafasida ushbu raqamlar ancha kamaysa ham, qatnashchilar soni har qachongidan ko'p bo'lishi kutilmoqda. Xalqaro og'ir atletika federaciyasi bahslarni belgilangan vaqtda o'tkazish va tugatish, terma jamoa vakillari va hakamlar korpusi azolariga qulayliklar yaratish maqsadida musobaqa davomida 2 ta supadan foydalangan holda bellashuvlarni o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Mazkur dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi. Bosh murabbiy Bahrom Mendiboev qo'l ostidagi jamoamiz hozirda musobaqaga qizg'in hozirlik olib bormoqda.
Fikrlar