11 mar 08:17
Yangiliklar
Og'ir atletika. Jahon chempionati. Nigora Abdullaeva o'z vaznining mutlaq chempioni
Quvonarlisi, musobaqaning navbatdagi kun dasturida ishtirok etgan vakilamiz chempionlikni qo'lga kiritdi.
Qizlar o'rtasida -49 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nigora Abdullaeva dast ko'tarishda 75 kg, siltab ko'tarishda 90 kg va umumiy hisobda 165 kg natija qayd etdi. Ishtirok etgan sportchilar orasida hech qaysi biri yurtdoshimizning bu natijalarini yaxshilay olmadi va Nigora musobaqaning mutlaq chempioniga aylandi.
O'smirlar o'rtasida JCH. Las-Vegas, AQSH
Qizlar, -49 kg
1. Nigora Abdullaeva (O'zbekiston) – 165 kg
2. Valentina Kambei (Ruminiya) – 159 kg
3. Kayya Braynt (AQSH) – 154 kg
Eslatib o'tamiz, kecha yigitlar o'rtasida -55 kg vazn toifasidagi bahslarda Og'abek Nafasov 2 ta kumush medalini qo'lga kiritgan edi. Milliy Olimpiya qo'mitasi sportchimizning ushbu muvaffaqiyati bilan O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi, sportchimiz va uning murabbiylarinini muborakbod etadi.
Fikrlar