So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

28 sen 11:49
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika: Jahon chempionati sovrindori munosib kutib olindi

Tailandning Pattaya shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan Adhamjon Ergashev Namangan shahrida munosib ketib olindi.

Jahon chempionati sovrindorini Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokirjon Qoraboev kutib oldi va Tokio-2020 Olimpiadasi oltin medallari yo'lidagi navbatdagi qadam bilan qutladi.

Xayrullo Bozorov, sportchini jahon chempionatida erishgan natijasi bilan qutlar ekan, Namangan viloyatining Adhamjonga ishonchi katta ekanini qayd etdi. Adhamjon Ergashevga viloyat hokimining pul mukofoti ham topshirildi.

Jahon chempionatida 67 kg vaznda ishtirok etgan o'smirlar va yoshlar o'rtasida ko'p karra jahon chempioni, yangiqo'rg'onlik atlet Adhamjon Ergashev dast ko'tarishda 146 kg natija bilan to'rtinchi o'rinni egallagan bo'lsa, siltab ko'tarishda 182 kg natija ko'rsatib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Adhamjon, bronza medali bilan birga Tokio Olimpiadasi yo'llanmasi uchun qimmatli ochkolarni ham qo'lga kiritdi.

Adhamjon Ergashev Tailandda bo'lib o'tgan musobaqada ko'rsatgan natijasi bilan kattalar o'rtasida jahon chempionati sovrindori bo'lish bilan birga, o'z yosh toifasida 7 ta jahon rekordini ham yangiladi.

“Olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritish juda katta natija bo'ladi. Xalqaro maydonda O'zbekiston bayrog'i yuqori ko'tariladi. Bundan tashqari, minglab yoshlarimizda havas uyg'onadi, sportga kirib kelishadi, chempionlar ortidan ergashishadi” deb takidladi viloyat hokimi.

Adhamjon Ergashev Tokiodan Olimpiada oltin medali bilan qaytib, o'ziga bildirilayotgan ishonch va umidlarni to'la oqlash niyatida ekanligini aytib, minnatdorchilik bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing