08 okt 15:39
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Jahon chempionatida oltin medal qo'lga kiritdik
Yigitlar o'rtasida -73 kg vazn toifasi ishtirokchilari dast ko'tarish mashqini yakunlashdi.
Ermatov dastlab 124, keyin 127 kg og'irlikni, uchinchi urinishda ham ishonchli harakat qilgan sportchimiz 132 kg shtangani o'ziga bo'ysundira oldi.
Natijada, Diyorbek dast ko'tarish mashqida birinchi o'rinni egalladi. SHuningdek, kuchli uchlikka rossiyalik Vagin Nikita (130 kg) hamda Gruziya vakili Nikoloz Esartia (128 kg) kirishdi.
Bir necha daqiqadan keyin siltab ko'tarish mashqiga start beriladi. Unda sportchimizga omad tilab qolamiz!
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar