08 dek 11:17
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Jahon chempionatidagi ilk oltin Qozog'istonga ketadi
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining ilk g'olib va sovrindorlarini aniqladi.
Reglamentga ko'ra, ilk medallar jamlanmasi erkaklar o'rtasida 55 kg vazn toifasida taqsimlandi.
Qiziqarli bahslar yakuniga ko'ra, qozog'istonlik Arli CHontey 260 kg natija bilan g'alaba qozondi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Tailand va Bolgariya vakillariga nasib etdi.
Og'ir atletika. Jahon chempionati
Erkaklar, -55 kg:
1. Arli CHontey (Qozog'iston) – 260 kg (118+142)
2. Tada Sambonuan (Tailand) – 256 kg (115+141)
3. Angel Rusev (Bolgariya) – 254 kg (110+144)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar